Abraxam hujumda o‘ziga sherik tanladi va u Shomurodov emas!

  • 21 dekabr, 2021, 09:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Temmi Abraxam “Atalanta” ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alabadan so‘ng, o‘ziga “Roma” hujum chizig‘ida Nikolo Dzanolo bilan birga o‘ynash yoqqanini alohida e’tirof etdi.

Tecno

- Bergamodagi g‘alaba jamoamiz uchun ajoyib natija. Ko‘pchilik bizga ishonmaganini, bu “Roma”ning qo‘lidan kelmaydigan ish deyishganini yaxshi bilaman.

Hozir ajoyib his-tuyg‘ular og‘ishidaman. Bu biz uchun muhim muvaffaqiyat. G‘alabadan so‘ng Joze Mourinoga biror narsa deyolmadim, quchoqlashib qo‘ya qoldik. Nikolo Dzanolo bilan gollarni qanday nishonlaganimizni ko‘rdingizku. U qiyin davrni engib o‘tdi va menga hujumchi aynan Nikolo bilan o‘ynash yoqyapti, - dedi Temmi Abraxam.

“Atalanta” maydonida bo‘lgan uchrashuvda angliyalik hujumchi birinchi golini Nikoloning aniq uzatmasidan so‘ng darvozaga joyladi. Dzanolo bitta assist bilan birga o‘z hisobiga ham gol yozib qo‘ydi. 70-daqiqada Dzanolo o‘rniga maydonga tushgan Eldor Shomurodov Temmi Abraxamning ikkinchi golida ishtirok etganini ta’kidlash lozim.

Joze Mourino “Roma” hujumida bir necha variantlarni qo‘llab ko‘ryapti. Ularning har birida asosiy hujumchi vazifasini Temmi Abraxam bajarmoqda. Portugaliyalik mutaxassis topshirig‘iga ko‘ra, angliyalik yulduzga oldingi chiziqda Nikolo Dzanolo, Eldor Shomurodov, Stefan El-Shaaravi, Borxa Mayoral, Karles Peres kabi hujumkor futbolchilardan biri yordam bermoqda.

95d0ab6b-5aa1e7e0cfa339fb093eb312fb3e3694  

Biz Mourino topshirig‘ini bajardik

“Roma”ning universal futbolchisi Nikolo Dzanolo ham Bergamodagi muhim g‘alabani tahlil qildi.

- Biz bosh murabbiy nimani aytgan bo‘lsa, maydonda shunga amal qildik. Ya’ni, tezkor qarshi hujumlarda samarali o‘ynashga urindik. Jamoamiz kuchli. Biz o‘zimizni ko‘rsata oldik va bu “Inter”ga qarshi o‘ynagan jamoa emas.

Rimga uch ochko bilan qaytdik, gol urganimdan xursandman. To‘rtinchi uchun kurashdagi asosiy raqobatchilarimizdan biri mag‘lub etdik. Endi xuddi shunday davom etishi kerak, - dedi Nikolo Dzanolo.

"Atalanta"ga qarshi o‘yinda “Roma” yarim himoyachisi Nikolo A Seriyada 514 kun davom etgan golsiz seriyasiga yakun yasadi. Iste’dodli futbolchi so‘nggi marotada 2020 yilning 20 iyul kuni “SPAL” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, rimliklarning 6:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan edi.

GettyImages-1359690367-820x420

“Roma”ga xushabar

“Roma” 2022 yildagi ilk uchrashuvini 6 yanvar kuni “Milan”ga qarshi o‘tkazadi. Ma’lumotlarga qaraganda, Joze Mourino o‘sha uchrashuvda jamoa etakchilaridan Lorentso Pellegrini va Stefan El-Shaaravi xizmatidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Aslida avvalroq jarohat olgan bu ikki futbolchi uzoq muddat davolanishi aytilgandi. Endi shifokarlar har ikkisi ham kutilganidan tezroq oyoqqa turayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, “Atalanta”ga qarshi uchrashuvda shikastlangan Rik Karsdorp va Jordan Veretu qisqa fursatda umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi va joriy yilning so‘nggi uchrashuvi – 22 dekabrda “Sampdoriya”ga qarshi to‘qnashuvda ishtirok etishga tayyor.

1544017580_lorenzo-pellegrini-oasport-it_1

Mourino “Atalanta” futbolchisiga ko‘z tikmoqda

“Atalanta” yarim himoyachisi Remo Froyler qishki transferlar mavsumida “Roma”ga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Rim klubi mutasaddilari Mourinoga ma’qul kelgan shveytsariyalik o‘yinchi uchun 10 million evro to‘lashga tayyor. Aslida yarim himoyachining transfer summasi 25 million evroga baholangan.

Biroq, Froylerning bergamoliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi va tomonlar hali yangi bitim tuzgani yo‘q. Shu bois, “Atalanta” 29 yoshli futbolchini  10 million evroga qo‘yib yuborishi mumkin.

Froyler 2016 yildan beri “Atalanta” sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

bda8f8aece32bd8bd54777322b383199-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_835Xh_0

“Roma” o‘yinchisi yangi bitim oladi

“Roma” rahbariyati jamoa etakchilaridan biri Jordan Veretuga yangi bitim taqdim qiladigan bo‘ldi.

Klub mutasaddilari muzokara boshlash uchun frantsiyalik futbolchining agentini Rimga taklif qildi. Tez orada tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlanadi.

Veretuning hozirgi kelishuvi 2024 yilning yarmigacha davom etadi.

28 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 4 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ettita golli pas uzatdi.

GettyImages-1235689363

 Rossiya klubi O‘runovni transfer qilishga o‘ylanib qoldi!

O‘zbek legioneri katta summaga transfer qilinadi!

 Shomurodov shoshilmasa bo‘lmaydi!

 Shomurodovning hisobi bo‘sh...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!