
Abraxamning “ishtahasi” ochilib ketdi
“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelmoqda.
“Vitess”ga qarshi kechgan javob uchrashuvining so‘nggi daqiqasida mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilgan angliyalik futbolchi jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolish barobarida uni Konferentsiyalar ligasining chorak finaliga olib chiqdi.
Ushbu musobaqaning guruh bellashuvlarida o‘z hisobiga oltita gol yozdirib qo‘ygan Temmi Abraxam nimchorak finaldagi aniq zarbasi bilan musobaqadagi gollari sonini ettitaga etkazib, turnir to‘purariga aylandi.
To‘purarlar poygasida keyingi o‘rinlarni oltitadan to‘p kiritgan “Feyenoord” vakili Siril Dessers va “Budyo-Glimt” o‘yinchisi Oli Solbakken egallab turibdi. Ularning eng yaqin ta’qibchisi – “Slaviya” hujumchisi Yira Sor hisobida beshta gol bor. Bu o‘yinchilarning bari chorak final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar