
Adama Traore Ispaniyaga qaytishi mumkin
"Atletiko" Madrid yozgi transferlar oynasida vinger sotib olishni rejalashtirmoqda. Variantlar orasida "Vulverxempton" futbolchisi Adama Traore ham bor. Bu haqda "90 min" xabar tarqatdi.
Ispaniyalikning "bo‘rilar" bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida tugaydi. Uning yangi bitimga qo‘l qo‘yishi haqida ma’lumotlar yo‘q va erkin agentga aylanish ehtimoli yuqori.
Eslatib o‘tamiz, Traore ushbu mavsum "Vulverxempton" safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar