Adolat tiklandi! Sher Mamazulunovning mag‘lubiyati bekor qilindi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Ekaterinburg shahrida RCC promousheni tomonidan o‘tkazilgan professional kikboksing bo‘yicha "Fair Fight" turnirining markaziy jangida hamyurtimiz Sher Mamazulunov hamda rossiyalik Sergey Ponomaryov vaqtinchalik chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilgandi.

Jangda katta ustunlikka erishgan hamyurtimiz yakunda hakamlarning shubhali qarori evaziga mag‘lub deya topilgandi. Ushbu voqelik juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. 

Oxir-oqibat turnir tashkilotchilari ushbu jangga o‘z munosabatini bildirib, jangni bekor qildi va ushbu qarama-qarshilikda ishlagan hakamlar chetlatildi. 

Bu borada Sher Mamazulunovning menejeri hamda fitness murabbiyi Sardor Sulaymonov quyidagicha ma’lumot berdi.

- Ha, jang bekor qilindi va revansh jangi o‘tkaziladigan bo‘ldi. Jangga tikilgan chempionlik kamari ham hozircha vakant qoldi. Albatta, bu borada bizni qo‘llab-quvvatlaganlarning barchasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. 

sardor

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilyosxon Akramov
17/02/2022 17:01
Яхши булибди Шер юутканди!!