
"Adu-Dhabi Chess Festival". Javohir Sindarov blits yo‘nalishida vakillarimiz orasida eng zo‘ri! Umumiy jadvaldachi?
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida 30-Abu Dabi Xalqaro shaxmat festivali bo‘lib o‘tmoqda. 14 avgust kuni start olgan musobaqada yurtimiz sharafini jami 32 nafar shaxmatchi himoya qilmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 63600 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda 250 dan ortiq shaxmatchi "Masterss", "Open A", "Open B" hamda "Juniors" guruhlarida bellashmoqdalar.
Ma’lumot uchun, shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha bahslar yakuniga etdi. 150 shaxmatchi ishtirok etgan bu yo‘nalishda Javohir Sindarov 8.5 ball bilan 7-o‘rinni band etdi.
Qolgan shaxmatchilarimiz to‘plagan ballar va jadvaldagi o‘rni bilan ham tanishing:
...
7. Javohir Sindarov - 8,5
9. Abdimalik Abdusalimov - 8,5
13. Shamsiddin Vohidov - 8
33. Muhiddin Madaminov - 7,5
40. Saidakbar Saydaliev - 7,5
44. Nodirbek Yakubboev - 7
46. Ortiq Nig‘matov - 7
74. Shamsiddin Sayyid Usmon - 6,5
87. Afruza Hamdamova - 6,5
Fikrlar