"Adu-Dhabi Chess Festival". Yakuniga etgan turnirda vakillarimiz ajoyib ishtirok etdi va yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi

  • 24 avgust, 2024, 18:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida O‘ttizinchi Abu-Dabi Xalqaro shaxmat festivali yakuniga etdi. 14 avgust kuni start olgan musobaqada yurtimiz sharafini jami 32 nafar shaxmatchi himoya qildi. 

Mukofot jamg‘armasi jami 104 ming 50 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning "Masters", "Open A" va "Open B" guruhlarida ham bahslar yakuniga etdi. Quvonarlisi, Nodirbek Yakubboev mazkur guruhni peshqadam sifatida yakunladi. Shuningdek, Shamsiddin Vohidov kuchli uchlikdan joy oldi. 



1. Nodirbek Yakubboev - 7 ball; 
3. Shamsiddin Vohidov - 7 bapl; 
11. Javohir Sindarov - 6,5 
15. Ortiq Nig‘matov - 6,5 ball; 
47. Bahrom Bahrillaev - 5,5 ball; 
57. Abdimalik Abdisalimov - 5 ball; 
60. Saidakbar Saydaliev - 5 ball; 
69. Muhammadzohid Suyarov - 5 ball; 
100. Humoyun Begmurtov - 4,5 ball; 
136. Afruza Hamdamova - 4 ball. 

Shu tariqa, Nodirbek Yakubboev 30 ming, Shamsiddion Vohidov esa 8 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritdi. 

"Open A" guruhida yakuniy natijalar: 

24. Akobirxon Saydaliev - 6 ball; 
37. Sayyid Usmon Shamsiddin - 6 ball; 
38. Shahnoza Sabirova - 6 ball; 
58. Ikromjon Halilov - 5,5 ball; 
101. Nilufarxon Imomqo‘zieva - 4,5 ball; 
115. Mumtozbegim Mansurova - 4,5 ball; 
119. Adham Yunusov - 4,5 ball. 

"Open B" guruhidagi natijalar. Qayd etish lozim, mazkur guruhda vakilimiz Hudoyor Maraimov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi: 

1. Hudoyor Maraimov - 8 ball; 
12. Akbar Yakubboev - 7 ball; 
14. Arjin Muqumov - 7 ball; 
19. Behruz Qudratov - 6,5 ball; 
65. Azizjon Abdukarimov - 5,5 ball; 
66. Asadbek Abdulazizov - 5,5 ball; 
93. Murodbek Iskanderov - 5 ball; 
95. Asilbek Abdulazizov - 5 ball. 

Shuningdek, yana bir qator toifalar va guruhlarda vakillarimiz munosib ishtirok etdi: 

"Ladies" guruhida hamyurtimiz Hamdamova Afruza g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Jami 6,5 ball to‘plagan hamyurtimiz raqiblaridan ajralib turgan holda, ushbu guruh peshqadami sifatida turnirni yakunladi. Bundan tashqari, yana bir hamyurtimiz Shahnoza Sabirova 6 ball bilan kuchli to‘rtlikdan o‘rin egalladi. 

Boshqa vakillarimiz joy olgan o‘rinlar: 

11. Nilufarxon Imomqo‘zieva - 5 ball; 
38. Asmina Abdulazizovna - 4 ball; 
58. Asmiraxon Abdulazizovna - 2,5 ball; 
81. Asal Salimova.

"Family Teams" bahslarida O‘zbekistondan tashrif buyurgan Yakubboevlar oilasi ikkinchi pog‘onani qo‘lga kiritdi va 300 AQSh dollari sovrin mukofotiga ega bo‘ldi: 



16 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida blits bahslari ham bo‘lib o‘tdi. Quvonarli tomoni, unda vakilimiz Humoyun Begmuratov to‘rtinchi pog‘onaga ega chiqdi va 200 AQSh dollari pul mukofotini qo‘lga kiritdi.



"Juniors" guruhining umumiy jadvalida yana bir vakilimi Akobirxon Saydaliev 6-pog‘onani band etdi va pul mukofotiga ega chiqdi. Shuningdek, Akbar Yakubboev 11, Ikromjon Halilov 13, Asilbek Abdulazizov 56, Azizjon Abdukarimov esa 125-pog‘onaniband etdi.



"Juniors" - Under 14, aniqrog‘i, "Juniors" toifasining 14 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar guruhida Akbar Yakubboev 3-o‘rinni egalladi va unga 150 AQSh dollari berildi. 



"Juniors" - Under U8 guruhida ishtirok etgan vakilamiz Asmina Abdulazizovna so‘nggi turgacha uchinchi o‘rinni band etib turgandi, ammo 3-turdagi mag‘lubiyat uni sovrinli o‘rindan mahrum qildi. Unga sovrinli o‘rin uchun atigi 0,5 ball etmadi. 



Shuningdek, mazkur festvalda maktab o‘quvchilari toifasida ham blits bahslari bo‘lib o‘tdi va unda vakillarimiz yuqori natijalar qayd etdi. 

"Schools G7" (qizlar) guruhida o‘tkazilgan bahslarda "Cambridge International School" o‘quvchisi Asmina Abdulazizova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. U 7 turdan so‘ng jami 5 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. 



Bundan tashqari, "Schools B7" (yigitlar) guruhida o‘tkazilgan uchrashuvlar so‘nggida Doniyor Rahimov (45-shahar maktabi) 7 turdan so‘ng 5-pog‘onani band etdi. 



"Schools B13" (yigitlar) guruhida ishtirok etgan ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchilar Asilbek Abdulazizov 20- ("Cambridge International School") va Usmonxon Tohirjonov esa ("Sky Chess") 40-o‘rinlarga ega chiqdi. 

"Schools B15" (yigitlar) guruhida esa Sayyid Usmon Shamsuddin 10-, Akbar Yakubboev 19-, Asadbek Abdulazizov esa 47-pog‘onalardan joy oldi. 

"Schools G15" (qizlar) guruhida 5,5 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan Mumtozbegim Mansurova o‘z guruhida ikkinchi o‘ringa ega chiqdi: 



Bundan tashqari, yana bir vakilamiz Asmiraxon Abdulazizova "Schools G17" (qizlar) guruhida o‘z ishtiroki yakunladi. 



Qayd etish lozim, ayni damda "Masters", "Open A", "Open B" guruhlarida bahslar davom etmoqda. Unda ham vakillarimiz yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqda. Ayni damda "Masters" guruhida ikki nafar hamyurtimiz 1 va 2-pog‘onalarni band etib turibdi: 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!