“ADXC 4” turnirining eng muhim voqeliklari yoxud super turnirga bag‘ishlangan tadbirlar boshlandi!

CHERY AUTO

Qiziqarli o‘tishi kutilayotgan “ADXC (Abu Dabi Extreme Championship 4” )turniriga ham juda oz muddat qoldi! 18 may kuni Frantsiyaning “Dojo de Paris” arenasi mezbonligidagi ushbu turnirning to‘liq kardi ma’lum bo‘lgach, super to‘qnashuvlarni muxlislar intiqlik bilan kutmoqda.  

Tecno

Bugun, ya’ni 15 may kuni “ADXC 4” yulduzlari an’anaviy ochiq mashg‘ulot uchun gilamga chiqadilar, bunda karddan o‘rin olgan eng yaxshi sportchilar o‘zlarining eng yaxshi harakatlarini namoyish etadilar va jang muxlislariga katta tadbirlarda nima kutishlari mumkinligini qisman namoyish etadilar. 16 may payshanba kuni barcha qiziqtirgan savollaringizga matbuot anjumanida javob beriladi, unda sportchilar va tashkilotchilar butun dunyo bo‘ylab ommaviy axborot vositalari hamkorligida jangdan avvalgi voqeyliklar, umuman tayyorgarlik va maqsadlari bilan o‘rtoqlashishadi. 17 may kuni esa vazn o‘lchash marosimi tashkil etiladi. Bu marosim nafaqat sportchilarni vazn qila olganliklarini bilish balki turnirdan avval muxlislarga o‘ziga xos xissiyotlar ham bag‘ishlaydi. 
Nihoyat, shanba kuni musobaqa rasman boshlanadi va “ADXC 4” turniridan o‘rin olgan sportchilar “Dojo de Paris”da  o‘rnatilgan oktagonda nimalarga qodir ekanliklarini namoyish etishadi. . Barcha bahslar yakunlanib, g‘oliblar chempion sifatida munosib o‘rin egallaganidan so‘ng, tashkilot jangdan keyingi matbuot anjumani o‘tkazib, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlariga janglarning tahlili va kelgusi turnirlarga aniqlik kiritiladi. “ADXC 4” turnirini o‘tkazib yubormang!
 

Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirning markaziy jangida UFC jangchisi Benua Sen-Deni greppling bo‘icha Mark Diakizega qarshi bahs yuritadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!