Afrika Millatlar kubogi. Kamerun va Gana uchrashuvida hisob ochilmadi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Misr yashil maydonlari Afrika Millatlar kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha musobaqaning guruh bosqich 2-turida Kamerun va Gana terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Qit’a grandlari o‘rtasidagi bellashuvda esa hisob ochilmadi – 0:0.
Kamerun – Gana 0:0 (0:0, 0:0)
29 iyun, 22.00, «Ismailia Stadium»
Kamerun – Onana, Oyongo, Kana-Biyik, Bong (Shupo-Moting, 74), Ngade-Ngadjui, Zambo-Angissa (Kunde, 82), Mandjek, Bassogog, Fe, N`Ji, Toko-Ekambi (Baoken, 75).
Gana – Ofori, Asamoa (Gyan, 78), Baba, Adams, Yadom, Parti, Atsu (Ovusu, 15), Ayyu (Kvabena, 87), Vakaso, Mensa, Ayyu.
Ogohlantirishlar: Adams (64).



Fikrlar