
Afsus! Murodjon Ahmadaliev o‘z kamarlarini boy berdi
AQShning Texas shtati, San Antonio shahrida Matchroom kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Kechaning ikkinchi asosiy jangida birinchi yarim engil engil vazn toifasida (55,3 kg) hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev majburiy da’vogar, filippinlik Marlon Tapalesga qarshi ringga ko‘tarildi
12 raund etib belgilangan WBA va IBF kamarlari uchun jang to‘liq davom etdi. Anchagina qiyin va teng kurashlar ostida kechgan to‘qnashuvda Tapales 110-118, 115-113, 115-113 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlik kamarlarini tortib oldi.
Fikrlar