Agamurodov “Qizilqum” futbolchilariga g‘alaba qozonishni o‘rgatmoqda

  • 7 iyun, 2020, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tachmurod Agamurodov bosh murabbiylik qilayotgan “Qizilqum” jamoasi futbolchilari Muborakning “Mash’al” jamoasi bilan nazorat uchrashuvida kuch sinashdi.

Navoiy shahri jamoasi Superliga o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Agamurodov futbolchilarning o‘yin amaliyotini oshirish va shu o‘yin orqali shogirdlarining imkoniyatlarini chamalab olish uchun nazorat uchrashuvini o‘tkazishni ma’qul topdi.

Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda “Qizilqum” futbolchilari 2:0 hisobida zafar quchdi. "Mash’al" darvoo‘asiga kiritilgan gollardan biri rossiyalik legioner Ruslan Margiev, ikkinchisi bugun tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Doniyor Usmonov hisobiga yozildi.

Agamurodov ishga kirishdi (foto)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!