
Agar "Arsenal" EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, Obameyang xuddi O‘zil bilan bir hil maosh oladi
Londonning “Arsenal” klubi rahbariyati hujumchi Per-Emerik Obameyang bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga qaraganda yangi kelishuv agar “kanonirlar” mavsum yakunida Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishsagina imzolanadi. Unga ko‘ra 30 yoshli gabonlik futbolchining maoshi haftasiga 350 ming funtga etadi va bu borada u jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblangan Mesut O‘zilga etib olishi mumkin.
Qayd etish lozimki, hozirda Obameyang haftasiga 200 ming funt maosh olmoqda. Uning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar