Agentning ochko‘zligi Pogbaning superklubga transferini barbod qildi

  • 18 oktabr, 2021, 16:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Pol Pogbaga xaridor bo‘layotgan edi.

Tecno

Kataloniyaliklar frantsiyalik yulduz jamoani sezilarli darajada kuchaytirishiga ishonmoqda. Qolaversa, yozda Pogbani erkin agent sifatida tekinga olish imkoni bor.

Pogbaning agenti Mino Rayola mijozining xizmatlari bir qator grand klublarga, xususan, “Barselona”ga ham  tavsiya qildi. Bu taklif kataloniyaliklarga ma’qul keldi.

Biroq,  Rayola bu transferni amalga oshirish uchun juda katta miqdorda xizmat haqqi talab qilgani “Barselona”ning shashtini pasaytirib yubordi. Bundan tashqari, kataloniyaliklar Rayola Pogba uchun talab qilayotgan maosh miqdorini ham ko‘tara olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!