AGMK BAAdan qaytib keldi. Klub endi Turkiyaga boradi

  • 30 yanvar, 2023, 00:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK jamoasi kecha BAAdagi (15 yanvar - 29 yanvar) o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlab Toshkentga qaytib keldi.

Olmaliqliklarga ikki kunlik ta’til berildi. 1 2 fevral kunlari esa Toshkentda mashg‘ulot o‘tkazadigan "konchilar" 3 fevral kuni erta tongdan Antalya yig‘iniga jo‘nab ketadi.

Ikki hafta (3 fevral - 17 fevral) davomida Turkiyaning Antalya shahrida yangi mavsumga qizg‘in taraddud ko‘radigan AGMK yig‘in doirasida oltita nazorat o‘yinlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo‘lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!