
AGMK bu mavsum qaysi o‘rinlar uchun da’vogarlik qiladi?
Xabaringiz bor Olmaliqning AGMK klubi rahbariyati mavsum boshida jamoaga tajribali mutaxassis Mirjalol Qosimov va bir qator iste’dodli hamda mahoratli futbolchilarni jalb etdi. Ammo, “konchilar”ning hozircha chempionatdagi ishlari u qadar yaxshi emas. Jamoa ortda qolgan 12ta turdan so‘ng 10-o‘rinni egallab turibdi.
AGMK sardori Akmal Shorahmedov esa SPORTS.uz muhbiri bilan bo‘lgan suhbatda jamoa bu mavsum qaysi o‘rinlarni qo‘lga kiritishi mumkinligi haqida gapirdi.
- Vaziyatga real qaraylik, AGMK bu yil qaysi o‘ringa da’vogarlik qila oladi deb o‘ylaysiz?
- 5-6 talikka harakat qilsa bo‘ladi. Hozir hamma jamoa bir-biriga yaqin joylashgan. Vaziyatga real qarasak, hozir “Paxtakor” hammadan kuchli.
Shorahmedov bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>
Fikrlar