
AGMK Latviya klubi bilan murosa ko‘chasini tanladi
AGMK jamoasi bugun Turkiyada uchinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Latviyaning “Auda” klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
Avvaliga latviyaliklar o‘yin boshlarida hisobni ochdilar. Tanaffusga qadar AGMK muvozanatni tikladi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Xurshid G‘iyosov raqib darvozasini ishg‘ol qildi va shu tariqa 1:1 hisobi uchrashuv oxiraga qadar o‘zgarmadi.
AGMK: Valijon Rahimov, .Mirg‘iyos Sulaymonov, Andrey Mishenko, Sardor Rahmonov, Murod Toshmatov, Abdulla Abdullaev, Siyavash Xagnozari, Mirjamol Qosimov, Sanjar Tursunov, Martin Boake, Shohruh Gadoev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Xurshid G‘iyosov, Alisher Jalilov, Dilshod Ahmadaliev, Akrom Komilov, Iskandar Bo‘sinov, Sardor Abdunabiev, Murod Ermatov, Nodir Abdurazzoqov.
Fikrlar