
AGMK va "Qizilqum" klublarining o‘zaro o‘yinlarida bitta g‘alaba evaziga olmaliqliklar ustunlikka ega. Bu galgi to‘qnashuvda navoiyliklar farqni yo‘qqa chiqar oladimi?
AGMK Superliganing 17-turida Olmaliqda «Qizilqum»ni mehmon qiladi. Olmaliqliklar matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
AGMK hamda "Qizilqum" jamoalarining o‘yinlari tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, shu paytga qadar ichki chempionatda jami 27 bor to‘qnash kelgan bu ikki klubning o‘zaro uchrashuvlarida ustunlik olmaliqliklar tarafida. AGMK hisobida 12 g‘alaba, «Qizilqum»da 11 g‘alaba mavjud va qolgan 4 o‘yinda esa g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar farqi ham AGMK foydasiga: 46-39.
Ayni paytda "Qizilqum" 14 ochko bilan turnir jadvalida 11-pog‘onani egallab turibdi, AGMK esa 33 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
AGMK — «Qizilqum» uchrashuvini Rustam Lutfullin boshqaradi. O‘yin 26 sentyabr kuni OKMK sport majmuasida soat 18:00da boshlanadi. Uchrashuv karantin talablariga muvofiq tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.
Fikrlar