
Aguero beshta taklif oldi. U qay birini tanlaydi?
“Manchester Siti” yangi shartnoma taklif qilmasligi ma’lum bo‘lganidan so‘ng, Serxio Agueroni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi bo‘layotgan jamoalar soni ortib bormoqda.
32 yoshli hujumchiga oldida hozircha beshta variant paydo bo‘ldi. Agueroni “Barselona”, PSJ, “Bavariya”, “Inter” va “Los-Anjeles Gelaksi” kabi jamoalar o‘ziga chorlamoqda.
Aguero keyingi paytda jarohatlar tufayli o‘z o‘yinini namoyish eta olmayapti. Argentinalik to‘purar joriy mavsumda atigi beshta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘zini ko‘rsata olmadi.
Aslida Serxio Aguero “Manchester Siti” tarixida jamoa uchun eng ko‘p gol urgan hujumchi hisoblanadi.
Fikrlar