
Aguero Messiga omad tiladi
Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Serxio Aguero “Twitch” orqali jonli efir amalga oshirdi. Futbolchi Messi bilan suhbatlashdi. Hujumchi Lionel va Argentinaga omad tiladi.
“Sizning o‘yiningizni va ahilligingiz menga juda yoqadi. Men o‘zimni siz bilan birga his qilmoqdaman. Hammasi joyida ekanligidan xursandman. Keyingi o‘yinda omad tilayman. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, sizlar fenomensizlar”, - dedi Aguero.
Messi esa sobiq jamoadoshiga javoban uning yo‘qligi va jarohati sabab Qatarga kela olmagan Lo Chelsoni o‘rni bilinayotganini aytdi.
Aguero Qatardagi jahon chempionatiga kelishi mumkin edi. U 2021 yilda yurak kasali tufayli faoliyatini erta tugatishga majbur bo‘lgandi. Lionel bilan u birgalikda deyarli 16 yil terma jamoa sharafini himoya qilib kelgan.
Fikrlar