Aguero qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

  • 9 avgust, 2021, 17:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jarohat olgan "Barselona" klubi hujumchisi Serxio Agueroning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Sport.es tarqatgan xabarga qaraganda, 33 yoshli futbolchi 2,5 oy maydonga tusha olmaydi. Shifokorlar uning kamida noyabrgacha “Barsalona”ga yordam berolmasligini aytishmoqda.

Aguero "Barselona" safiga joriy yoz "Manchester Siti"dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan va jamoa bilan 2 yillik shartnoma imzolagan edi.

Lionel Messi “Barsa”dan ketgach, Aguero ham “Kamp Nou”ni tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq keyinchalik Serxio jamoada qolishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!