Aguero "Siti"da yana bir necha yil "ushlanib" qolishi mumkin
"Manchester Siti" klubi rahbariyati argentinalik hujumchi Serxio Agueroga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqda The Mirror nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Aguero "shaharliklar" safini 2022 yilda tark etishi va "Independente"ga o‘tish imkoniyatiga ega. Ammo, “Siti” unga 2023 yilga qadar shartnoma taklif qilmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Aguero “Manchester Siti” tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U 370 ta o‘yinda raqiblari darvozasiga 254 ta gol urgan.
Fikrlar