
Agueroning agenti bilan 2 ta top klub aloqaga chiqdi
"Manchester Siti" klubi forvardi Serxio Aguero bir nechta klubning e’tiborini o‘ziga tortmoqda.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, argentinalik futbolchining agenti bilan "Inter" va "Real" klublari bog‘lanishgan. Biroq, “shaharliklar” o‘zining eng yaxshi to‘purari bilan xayrlashmoqchi emas.
Aguero “Manchester Siti”da 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 23 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar