Agueroning benefisiga aylangan uchrashuv videosharhi
Shanba oqshomida Angliya Premer-ligasida 27-tur o‘yinlari start oldi. "Manchester Siti" o‘z maydonida "Lester Siti"ni qabul qildi.
Ushbu o‘yinda mezbonlar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning 3-daqiqasidayoq Sterling hisobni ochgan bo‘lsa, 24-daqiqada esa Vardi muvozanatni tikladi.
Biroq ikkinchi bo‘limda Serxio Aguero tomonidan kiritilgan 4 ta gol evaziga "shaharliklar" yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Quyida mazkur o‘yinda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin.



Fikrlar