Agueroning ishtahasi karnay

  • 18 aprel, 2021, 19:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero hamon o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda. 32 yoshli argentinalik futbolchining vakillari bir qator grand klublarga uning xizmatlarini taklif qilishga ham ulgurgan.

Tecno

Todo Fichajes nashri tarqatgan xabarga qaraganda, jamoalarga Agueroning katta maosh talab qilayotgani ma’qul kelmayapti. So‘nggi bor uning agenti Barselonaga borgani va Kataloniya super klubi vakillari bilan uchrashgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Aguero joriy mavsum yakunlangach erkin agentga aylanadi. Uning "shaharliklar" safini erkin agent sifatida tekinga tark etadi. Shu bois unga xaridor bo‘layotgan "Barselona", "Yuventus" va PSJ uni tekinga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Serxio Aguero joriy mavsum Angliya premer-ligasida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!