"Ajdarlar" raqibni "yamlamay yutdi"

  • 22 sentabr, 2021, 21:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

OFK Kubogi-2021 hududlararo yarim finalidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Mohun Bagan" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda qarshiliklar raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmay, 6-0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Qarshiliklar safida Norchaev xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Bozorov va Narzullaev o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, raqib futbolchisi Mehta avtogol muallifiga aylandi. 

Mazkur natijadan so‘ng, "ajdarlar" o‘z hududida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ular keyingi bosqichda Vetnamning "Li Man" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!