Akademik eshkak eshuvchilarimiz Xitoydagi yig‘inda qatnashishmoqda

CHERY AUTO

Akademik eshkak eshish bo‘yicha yoshlar terma jamoasi joriy yil oldinda kutib turgan xalqaro musobaqalarga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda. Ushbu tayyogarlik doirasida jamoamizning 5 nafar vakili kecha Xitoyning Yangchjou shahriga yo‘l olishdi.

Tecno

Mazkur yig‘in 10 maygacha davom etib, unda 4 nafar sportchi va 1 murabbiy ishtirok etadi. Xitoy safariga quyidagi sportchilarimiz yo‘l olishgan: Sultonali Abduvaliev, Fazliddin Karimov, Mehrojbek Mamatqulov, Sobirjon Safaraliev.

Ta’kidlash joiz, akademik eshkak bo‘yicha kattalar terma jamoasi ayni paytda Toshkent dengizida yig‘in o‘tkazmoqda. Mazkur mashg‘ulotlarga 27 nafar sportchi jalb qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!