Sandra Alisson tarjimasi

Akademiyadan xaydalgan, ortiqcha vazni tufayli izza qilingan va 5-ligada o‘ynashga majbur bo‘lgan “Tottenxem”ning eng qimmat transferi - Ndombele haqida
“Tottenxem” transfer summasi bo‘yicha klub rekordi yangilanganligini e’lon qildi: “Lion” yarim himoyachisi Tangi Ndombele 60 mln evro (qo‘shimcha 10 mln evro bonus) evaziga “shporlar” a’zosiga aylandi.
Bundan besh yil avval Ndombele “Gengam” akademiyasidan haydalgan va o‘z karerasini Frantsiya 5-ligasida boshlagan edi.
Tangi Parij shahrining chekka hududida dunyoga kelgan, uning ota-onasi Kongo Demokratik Respublikasidan kelgan muhojirlar bo‘lgan. Ndombele 14 yoshida Bretanga ko‘chib o‘tdi va “Gengam” akademiyasiga o‘qishga kirdi. U 3 yil mobaynida shu erda yashadi. 2014 yilda uni akademiyadan haydab yuborishdi. Murabbiylar uning potentsialini juda past baholashdi, aniqrog‘i undagi salohiyatni ko‘ra bilishmadi. U “Oser”, “Kan” va “Anjer” klublariga borib ko‘rdi, ammo har safar rad javobini oldi. Tangi yaxshi pleymeyker bo‘lsa-da, unga ortiqcha vazn xalaqit qilardi.
Muvaffaqqiyatsizliklarga yuz tutgan Ndombele futbol haqidagi orzusidan voz kechmoqchi ham bo‘ldi, ammo tez orada unga “Amen”dan taklif kelib tushdi. 2013-2014 yilgi mavsumda mavsumida ushbu klub 2-Ligadan tushib ketgan bo‘lsada, yarim himoyachi rozilik bildirdi. Biroq, u katta karerani biroz chetga surib turishga majbur bo‘ldi. Ndombele Frantsiyaning beshinchi divizionidagi “Amen U-19” zahira jamoasiga yuborildi.
Beshinchi liganing birinchi mavsumida Tangi faqat birgina o‘yinda maydonga tushdi, xolos. Ammo keyingi yil “Amen”ning asosiy o‘yinchisiga aylana oldi: 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. “Tanlov davomida biz unda eng kerakli fazilatlar mavjudligini tezda anglab oldik. Undagi sprinterlik qobiliyati har qanday yarim himoyachida ham bo‘lavermaydi.”, - deya ta’kidlagan edi “Amen U-19” bosh murabbiyi Teddi Berten.
2016/17 mavsumdan oldidan 19 yoshli Ndombele hayotidagi ilk professional shartnomani imzoladi va “Amen”ning asosiy tarkibidan joy egalladi. Tangi vaqt yo‘qotmasdan o‘z qobiliyatlarini ishga solishni boshladi va ikkinchi ligada 30 o‘yinda 2 ta gol va 7 ta assistga erishdi va tarixda birinchi marotaba elitaga ko‘tarildi.
“Bu yigit qorda ham, botqoqda ham va maydonda ham birday yaxshi o‘ynay oladi, - deydi o‘z hayratini yashirmasdan uning jamoadoshi Toma Monkondyu. – U ajoyib driblinga ega va o‘z ko‘zlarim bilan guvoh bo‘lgan eng yaxshi futbolchilardan biridir”.
“U judayam e’tiborli va har kun o‘z ustida ishlaydigan o‘yinchi. Tangi maydonning kichik qismida bir necha raqibga bas kela oladi. “Amen U-19”da u qolganlardan ancha ustun edi”, - deydi Berten.
Ndombele haqida eng yaxshi iqtibosni esa “Amen U-19”ning yosh o‘yinchisiga ilk marta e’tibor qaratgan “Amen”ning bosh murabbiyi Kristof Pelisse keltirgan: “Tangi – men bilan ishlashga to‘g‘ri kelgan eng yaxshi o‘yinchidir”.
“Lion” Ndombeleni 2 mln evroga ijaraga olgan. O‘sha vaqtda klub Korentu Tolissiyani o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi qidirayotgan edi.
2017 yilda Tolisso “Bavariya”ga o‘tib ketdi, “Lion” skautlari boshlig‘i Florian Moris esa butun yoz mobaynida jamoa uchun yangi markaziy yarim himoyachi qidirdi. Nihoyat Ndombelni 2 mln evro evaziga ijaraga olish va “Selta”dan senegallik Diopni sotib olishga qaror qilindi – ikkala o‘yinchi bo‘sh o‘rin uchun raqobat olib borishlari lozim edi.
Ammo raqobat bo‘lmadi: Tangi tez orada Diop va Jordan Ferridan o‘zib, asosiy o‘yinchiga aylandi. Sentyabr oyida Ndombele “PSJ”ga qarshi bahsda “yadroviy” o‘yin olib bordi. U Drakslerni yopdi, uzoq masofada bo‘lishiga qaramay jarima zarbasidan gol urdi va parijliklar himoyasini “o‘tkir” to‘p oshirishlari orqali parchalab yubordi. “Lion” yutqazganligiga qaramay, L’Equipe nashri Tangini o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb tan oldi. Mazkur o‘yindan so‘ng bu futbolchiga butun Frantsiya e’tibor qarata boshladi.
Bir mavsum mobaynida futbolchining narxi 1 mlndan 25 mln evrogacha ko‘tarildi. Albatta, “Amen”, hech ikkilanmasdan, o‘yinchini “Lion”dan 8 mln evro evaziga qaytarib oldi. Shartnoma esa 2023 yilgacha imzolandi.
Ndombele 2018 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmagan bo‘lsa ham, oktyabr oyida Frantsiya terma jamoasida debyut qildi. Aynan shu vaqt mobaynida Tangi haqida butun Evropa bilib oldi: u EChLda “Lion”ning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi va 1/8 finaldagi “Barsa”ga qarshi o‘yini ko‘p eslandi.
Uzoq vaqt davomida futbolchi uchun asosiy talabgor “Yuventus” edi. Biroq Turinliklarni sustlashganidan foydalangan “Tottenxem” jilovni o‘z qo‘liga oldi. O‘yinchiga qiziqish bildirgan klublar ichida “MYu” va “PSJ” ham bor edi.
Maurisio Pochettino bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv hal qiluvchi rol o‘ynadi. Bu uchrashuvda Ndombeleni aniqlik hayratga soldi. Pochettino uning maydondagi roli haqida gapirayotganda, Tangining uslubini saqlab qolishini xohlashini alohida ta’kidladi. “Bilaman, bu murakkab vazifa, ammo men biz bilgan, oldinga intiluvchan Ndombeleni saqlab qolishingni istayman”, - dedi Maurisio.
Ndombelening agentlari bilan yakuniy muzokaralar vaqtida Deniel Levi “Siz imzo qo‘ymasdan bu erni tark etmaysiz”, deya ogohlantirdi. Ikkala tomon ham past kelishni istashmadi va muzokaralar seshanba kuni 6 soatlik uyqudan keyingina yakunlandi. Natijada: Ndombele – eng ko‘p maosh oladigan futbolchilardan biriga aylandi (haftasiga taxminan 200 ming funt).
Fikrlar