
Akanji: "Husanov ingliz tilini frantsuz tilidan ko‘ra yaxshiroq tushinishini aytdi"
"Manchester Siti" himoyachisi Manuel Akanji Abuqodir Husanovning "Chelsi"ga qarshi debyuti haqida fikr bildirdi. U xato qilingan vaziyat va til bilan bo‘layotgan muammolar haqida gapirdi.
Ochig‘i, start Husanov uchun yaxshi o‘tmadi, lekin menimcha, u o‘ziga kela oldi. Men xatodan so‘ng Abduqodirni himoya qilishga va uni noqulay vaziyatlarga tushirishmaslikka intildim, xususan, "Chelsi" kabi ko‘p yaxshi individual o‘yinchilarga ega jamoaga qarshi o‘ynayotganimizda. Men uni ruhlantirishga harakat qildim va unga buni o‘ylamaslikni, faqat davom etish kerakligini aytdim va keyingi duelda g‘alaba qozonib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarib olishini maslahat berdim. Menimcha, bu qilishingiz mumkin bo‘lgan yagona narsa...
U ingliz tilini fransuz tilidan yaxshiroq tushunishini aytdi. Shunday ekan, unga inglizcha gapiryapman. Umid qilamanki, Husanov ingliz tilisini yaxshilaydi, chunki biz maydonda muloqot qilishimiz kerak. Menimcha, u ko‘p narsani tushunadi.
Ma’lumot uchun, Akanji nemis, italyan va fransuz tillarida ham bemalol gaplasha oladi.
Fikrlar