Mashhur futbolchi 25 yoshida faoliyatini yakunlashi mumkin

  • 13.03.2026 05:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bundesliga chempioni “Bavariya” sharafini himoya qilib kelayotgan kanadalik legioner  Alfonso Devis 25 yoshida futboldagi faoliyatini yakunlashi mumkin.

TopSkills Sports UK nashri ma'lumotiga ko‘ra, mashhur himoyachi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalida “Atalanta”ga qarshi  birinchi o‘yinda (6:1) olgan navbatdagi jarohatidan keyin bu haqida jiddiy o‘ylamoqda.

Myunxenliklarning yirik himobdagi g‘alabasi bilan yakunlangan Bergamodagi uchrashuvda himoyachi son orqa qismi mushaklarining uzilishi jarohatini oldi.

“Bavariya” rahbariyati Devisni keskin qaror qabul qilishdan qaytarishga harakat qilmoqda.

Agar futbolchi baribir faoliyatini tugatishga qaror qilsa, myunxenliklar uning klubga sodiqligi uchun jamoada maxsus lavozim taklif qilishga tayyor.

Joriy mavsumda Alfonso Devis “Bavariya” safida barcha musobaqalarda 13 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatma bergan. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!