Akmal Ortiqov asosiy tarkibdagi o‘rnini boy berdimi? Darvozabon qanday fikrda?

  • 29 avgust, 2021, 15:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Turon” klubida bungacha asosiy darvozabon bo‘lib kelgan Akmal Ortiqov oxirgi uchrashuvlarda zaxirada qolayotganini ko‘rishimiz mumkin. Bungacha u 10 ta o‘yinda jamoa darvozasini qo‘riqlgan.

Tecno

Yozgi transfer oynasi vaqtida sotib olingan boshqa posbon – Nizomiddin Ziyovutdinov endilikda asosiy tarkibda maydonga tushyapti. Mazkur holat bo‘yicha Ortiqov Sports.uzga shunday dedi:

- “Andijon” bilan o‘yindan keyin zaxirada qola boshladim. Buni vahimali joyi yo‘q. Murabbiylar hozir ko‘proq Ziyovutdinovga ishonch bildiryaptilar.

Bundan tashqari, uyimda biroz muammolar bo‘lgani sababli jamoamning ikki-uchta mashg‘ulotlarida qatnasha olmadim. Masalan, “Paxtakor”ga qarshi Kubok o‘yinida ham jamoam bilan birga emasdim. Menga ham yana imkon berib qolishar.

Igor Shkvirin bilan munosabatimiz yaxshi. Hozircha hamkasbimga ishonch bildirilyapti. Bu esa raqobat bilan bog‘liq emas deb o‘ylayman. Nimagaki, “Andijon” bilan o‘yinda keyingi uchrashuvlarda zaxirada o‘tiradigan darajada xato qilganim yo‘q, deb hisoblayman. O‘sha uchrashuvdan keyin Ziyovutdinovga ham imkon berildi va shu bilan jamoa yutqazmayotgandi, - deya fikr bildirdi, Akmal

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!