Akmal Ortiqov: "Steshevich uchun tartib-intizom birinchi o‘rinda"

  • 18 yanvar, 2024, 15:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bekobodning “Metallurg” sharafini himoya qilib kelayotgan darvozabon Akmal Ortiqovni yaxshi bilasiz.

Tecno

Namanganlik posbon 2022 yildan beri mazkur jamoa sharafini munosib himoya qilib kelyapti. Ungacha esa Superliganing bir qator klublarida to‘p surgan.

Akmal Ortiqov o‘tgan vaqt davomida “Metallurg”ning birinchi raqamli darvozaboniga aylana oldi. Yangi mavsumda ham u bekobodliklar safida qolishni afzal bildi. 

- Akmaljon, “Metallurg”ning yangi mavsumga tayyorgarligi qanday davom etyapti? Hozirda ko‘proq nimaga e’tibor qaratilyapti?

- Bekobodda murabbiylarimizning ishlab chiqqan rejalari asosida bo‘lajak mavsumga jiddiy tayyorlanishda davom etyapmiz. Hozirda asosan jismoniy tayyorgarlik ustida hamda jamoani yanada sifatli shakllantirish ustida ishlayapmiz.

akmal ortikov1

- Bosh murabbiy Vesko Steshevich sizda qanday taassurot qoldiryapti? Masalan, u sizni ko‘proq nimasi bilan hayron qoldirayotganini ayta olasizmi?

- Jamoamiz bosh murabbiyi Vesko Steshevich eng avvalo yaxshi inson. Jamoadagi hammani bir xil ko‘radi. Aytishim kerakki, uning uchun tartib-intizom birinchi o‘rinda.

- Adashmasam, “Metallurg” klubiga 2022 yil boshida ko‘chib o‘tgansiz. Bu erdagi faoliyatingiz o‘zingizga nimasi bilan ko‘proq yoqyapti?

- “Metallurg”da asosan kollektiv juda yaxshi. Bu erda futbol o‘ynash uchun hamma sharoit bor va barchasi o‘z vaqtida.

akmal ortikov3

- Lobanovning ketishiga munosabatingiz qanday bo‘ldi?

- Aleksandr Lobanov yaxshi darvozabon. Ikki yil mobaynida undan ko‘p narsa o‘rgandim. Boshqa jamoaga o‘tishni afzal bildi. “Navbahor”da unga omad tilab qolaman.

- Yangi mavsumda real olib qaraganda, "Metallurg" qaysi o‘rin uchun kurashadi?

- Yangi mavsumda biz kuchli beshlikka kirish uchun kurashmoqchimiz.

akmal ortikov2

- Sizga takliflar bo‘ldimi? “Metallurg”da sizni nima ushlab turibdi?

- Ha, taklif bo‘ldi. Biroq “Metallurg”da meni hamma narsa qoniqtiryapti. Shuning uchun men boshqa klub haqida o‘ylab ham o‘tirmadim.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!