Akmal Shorahmedov: Ko‘pchilik Babayan bilan Kuperni tanqid qiladi, aslida esa...

  • 5 yanvar, 2021, 12:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha yil davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan Akmal Shorahmedov sports.uz sayti uchun intervyu berdi. Unda ko‘p masalalar bo‘yicha suhbat uyushtirildi.

Jumladan, ilgari termamizga bosh murabbiylik qilgan Samvel Babayan hamda Ektor Kuper haqida to‘xtalar ekan, Shorahmedov shunday dedi:

- Masalan, Kuperdan ko‘p narsa o‘rgandim. Ko‘pchilik uni yomonlaydi, ammo uning mashg‘ulot uslublari o‘zbek murabbiylaridan ancha farq qiladi.

O‘zimizdan kuchsizlarni yutish qulayroq. Lekin o‘zimizdan kuchli raqiblarni yutish qiyinroq. Kuperning uslubi himoyaviy yoki boshqa deyishadi, lekin o‘zingizdan kuchli bo‘lgan jamoani yutish uchun himoyaviy o‘yin ko‘rsatish kerak, busiz iloji yo‘q. Shuning uchun bizga keladigan har qanday murabbiyga qiyin. Chunki o‘zidan kuchli bo‘lgan raqiblarni yutish kerak bo‘ladi.

Hamma Samvel Babayanni nimadir deb tanqid qilishi mumkin. Ammo uni hurmat qilaman. Nima bo‘lsa ham uning o‘z yo‘nalishi bor. Bir xil murabbiylar bo‘ladi, ularning umuman yo‘nalishi bo‘lmaydi.

Tez orada Akmal Shorahmedov bilan uyushtirilgan qiziqarli suhbatni sports.uz saytida o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
05/01/2021 13:06
Manimcha Mirjalol Qosimov Shama qilgan. chunki. AGMK utkan yil umuman manosiz aniq bir taktikasi yuq bulib uynadida.