
"Al Ahli" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Arveladze nimalar dedi?
"Biz joylashgan guruh kuchli ekanligini ta’kidlagan bo‘lar edim. Tanaffusda yigitlarga mashg‘ulotlar jarayonida ko‘rsatgan darajani bugungi o‘yinda ham ko‘ratishlarini tayinladim.
Biz chempionat avvalidan 4 ta o‘yin o‘tkazdik va bugungi g‘alaba kelgusi o‘yinlar uchun ham bizga katta foyda bo‘ladi.
Bu yil ham “Lokomotiv”, “Navbahor” va “Bunyodkor” kuchli futbol ko‘rsatadi. Menimcha o‘tgan yilga nisbatan deyarli hech narsa o‘zgarmagan.
Yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Raqib ham amalda deyarli hech narsa qila olmadi", - dedi gruziyalik mutaxassis.
Fikrlar