“Al-Hilol” xo‘jayini Messini mensimadi

  • 14 may, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messiga xaridor bo‘layotgan klublar orasida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi ham bor.

Tecno

Saudiyaliklar argentinalik jahon chempioniga har mavsum uchun 400 million evro atrofida maosh va’da qilayotgani haqida ma’lumotlar tarqatildi.

“Al-Hilol” prezidenti Fahd bin Nafel Lionel Messining transferi bo‘yicha o‘z qarashlarini ma’lum qildi.

- Lionel Messining kelishi haqida so‘ramanglar, baribir hech narsa aytmayman. O‘yinchi qay darajada yulduz bo‘lishidan qat’i nazar, u shuni bilishi kerakki, “Al-Hilol” katta klub.

Maqsadimiz aniq – tarkibimizni kuchaytirish. Lekin bir o‘yinchi hech qachon o‘zini jamoadan ustun sanamasligi kerak, - dedi Fahd bin Nafel.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!