
"Al-Ittihod" PSJ etakchisini sotib olmoqchi
Ushbu yozda ko‘plab yulduzlarni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan "Al-Ittihod" yana bir katta transferni amalga oshirmoqchi. Klubning asosiy maqsadi yangi himoyachi sotib olishdir.
"RMC Sport" nashri xabar berishicha, Saudiya klubi PSJ vakili Markinosga qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, jamoa "Arsenal" himoyachisi Gabrielni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rdi, lekin "Arsenal" uni sotmasligini ma’lum qilgan.
PSJni Markinosdan tashqari Verratti ham tark etishi mumkin. Uni bir nechta Arabiston jamoalari o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Fikrlar