"Al-Nassr" jarohat olgan Ospina o‘rnini 3 karra chempionlar ligasi g‘olibi bilan to‘ldirmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi qishki transferlar oynasida shov-shuv ko‘tarishda davom etadi. Endi jamoa bor e’tiborini darvozabon sotib olishga qaratgan. 

"Marca" nashrining xabar berishicha, saudiyaliklar PSJ posboni Keylor Navasni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Rahbariyat unga yiliga 4 million evro maosh taklif qilishni rejalashtiryapti. 

Ma’lumot o‘rnida, Navas "Real" safida chempionlar ligasida 3 marotaba g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!