
"Al-Nassr" legionerlardan voz kechmoqchi!
Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi urugvaylik yarim himoyachisi Jonatan Rodriges bilan rasman xayrlashganini e’lon qildi.
Mahalliy nashrlarning xabari berishicha, riyodliklar tarkibdagi yana bir nechta legionerlardan voz kechmoqchi. Jumladan, himoyachi Muri, yarim himoyachilar Anselmo, Gonsalo Martines va hujumchi Vinsent Abubakar jamoani tark etadi. Anderson Taliska va Jaloliddin Masharipov "Al-Nassr" bilan birga Ispaniya yig‘iniga borishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, "Al-Nassr" chempionat yakuniga ikki tur qolganda 55 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar