
"Al-Sadd" murabbiyi: "Nasaf" bizni jazoladi"
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al-Sadd" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda qarshiliklar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Ushbu bellashuvdan so‘ng murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda "Al-Sadd" ustozi Xavi Grasiya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
- Turnirni erta tark etadigan bo‘ldik. Ilk taymda yaxshi harakat qildik, biroq vaziyatlardan foydalanishda muammolar bor edi. Ikkinchi 45 daqiqalikda qilingan xatolar uchun ular bizni jazolashdi Birinchi goldan so‘ng, o‘zimizga kela olmadik. Natijada, bu mag‘lubiyat evaziga OChL bilan xayrlashdik. "Nasaf"ni 3 ochko bilan tabriklayman.
- OChL va Qatar yulduzlar ligasini taqqoslamagan bo‘lar edim. U erda engilmasdan Saudiyaga tashrif buyurgandik. OChLda hammasi o‘zgarib ketdi. Hali bu o‘yinlarni tahlil qilib chiqamiz.
Fikrlar