
Al-Xelayfi: "Mbappe - dunyoning eng yaxshi futbolchisi!"
PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi jamoa hujumchisi Kilian Mbappeni ayni damda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb, biladi va uni uzoq vaqt klubda qolishiga ishonadi.
"Mbappe PSJ futbolchisi. U klubni yaxshi ko‘radi. Kilian ayni damda dunyoning eng yaxshi futbolchisi. O‘ylaymanki, hali ancha vaqt birga ishlaymiz", - dedi Al-Xelayfi.
Ma’lumot o‘rnida, Kilian joriy mavsumda 5 ta o‘yinda 7 ta gol urishga mavaffaq bo‘ldi.
Fikrlar