
Alaba el-klasikodan so‘ng Levandovskiga hazil qildi
"Real" Madrid hujumchisi David Alaba kecha bo‘lib o‘tgan el-klasikodan so‘ng "Barselona"dagi sobiq jamoadoshi Robert Levandovski bilan tushgan suratini Instagramdagi sahifasiga joyladi va quyidagicha izoh qoldirdi:
"Bu natijaga o‘rganib qolma, Levi. Har doim ham takror bo‘lavermaydi. Yana bir bor ko‘rishganimdan xursandman", - degan avstriyalik himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, kecha bo‘lib o‘tgan "Real" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi bahsda kataloniyaliklar kichik 1:0 hisobida zafar quchdi. Alaba va Levandovski ikki jamoa safida dastlabki taymda harakat qildi va ikkinchi bo‘lim boshida zaxiraga olindi.
Fikrlar