
Alamli mag‘lubiyatdan keyin “Manchester Yunayted”da tozalash boshlandi
“Manchester Yunayted” yangi bosh murabbiy Ruben Amorim boshchiligida “Old Trafford”da birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Bu galgi raqib liganing grand klublari qatoriga kirmas edi. Shunga qaramay, “Nottingem Forest” manchesterliklarni o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida 3:2 hisobida er tishlatdi.
Ushbu mag‘lubiyat “Manchester Yunayted” sport direktori Den Eshuortga qimmatga tushdi. Klub xo‘jayinlari ushbu mag‘lubiyatdan keyin uni suhbatga chaqirdi.
The Sun nashrining ma’lum qilishicha, besh oy muqaddam katta umidlar bilan grand klubga taklif qilingan mutaxassis rahbariyat huzuridagi uchrashuvdan keyin o‘z lavozimini bo‘shatadigan bo‘ldi.
Eshuort avval “Nyukasl”da faoliyat olib borgan edi.
Fikrlar