
Alba joriy mavsum La Liga himoyachilari orasida eng yaxshi assistentga aylanib oldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Jordi Alba ayni damda La Liganing “Atletik”ka (2:0, 2-bo‘lim) qarshi bo‘lib o‘tayotgan bahsida Pako Alkaserning goliga assistentlik qilishga erishdi.
Ushbu assist 28 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun mavsumdagi sakkizinchisi bo‘ldi. E’tiborlisi, Alba bu ko‘rsatgich borasida chempionat himoyachilari orasida eng yaxshi natijani qayd etib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Barselona” – “Atletik” jamoalari bahsining ikkinchi bo‘limi davom etmoqda.
Fikrlar