Alba Messining "Barselona"ga qaytishi haqida gapirdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Xordi Alba PSJ hujumchisi Lionel Messining "ko‘k-anorranglilar" lageriga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Bu Leoning tanlovi. Agar u va klub buni xohlasa bu amalga oshadi va bu men uchun ham ayni muddao. Mening maydondagi eng yaxshi sherigim - Messi . Vaqt ko‘rsatadi, lekin umid qilamanki, u qaytadi", - deb xabar berdi Goal.com himoyachi.
Messining parijliklar bilan shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi. "Barselona" safida 35 yoshli hujumchi 2005 yildan 2021 yilgacha o‘ynagan. Bu vaqt davomida argentinalik 778 ta o‘yin o‘tkazib, 672 ta gol urdi va 303 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar