
Aldjameyn Sterling: "Sen haddan tashqari ko‘p aljiraysan"
35 yoshli o‘ta engil vazn toifasidagi jangchi Aldjameyn Sterling rossiyalik sportchi Movsar Evloevni doping qabul qilganlikda aybladi.
“Men 100% aminmanki, sen, Movsar, nimadir qabul qilganing sabab shu darajada turibsan. Sen haddan tashqari ko‘p aljiraysan, bu esa gaplarimni tasdiqlaydi. Lekin hammasi joyida. Meni mag‘lub etish uchun bu etarli emasligini qachon tushunar ekansan a?!", — deb yozgan Sterling X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, MMAJunkie avvalroq Evloev(18-0) va Sterling(24-4) o‘rtasidagi jang 5 oktyabr kuni Solt-Leyk-Siti (AQSh)da "UFC 307" turniri doirasida bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edi.
Fikrlar