Aldo Sexudoning chaqiruviga javob berdi

  • 18.12.2019 15:25
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Brziliyalik jangchi Joze Aldo UFCning engil vazndagi sobiq chempioni Genri Sexudoning chaqiruviga javob berdi.

"Men barchani uraman va UFCning engil vazndagi chempioniga aylanaman.

Mart yoki may farqi yo‘q. Shunchaki, Genri shartnoma imzolashini xohlayman. Men dieta qilaman va nima kerak bo‘lsa, barchasini amalga oshiraman.

Moraesga yutqazganim haqidami? U jang qilishni xohlamadi. muxlislar norozi bo‘laverishdi, men esa faqat pressing qildim.

Bilmayman hakamlar nima uchun bunday qarorga kelishdi. Men dunyodagi eng halol erkakman. Shuning uchun, mag‘lub bo‘lsam, Volkanovskiga yutqazganimdagi kabi tan olaman, ammo Moraesga yutqazmagan edim," - dedi Aldo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!