Aleks Pereyra UFC rekordini yangilashga yaqin

  • 3 oktabr, 2024, 14:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Yarim og‘ir vaznda (93 kg) UFC chempioni Aleks Pereyra Xalil Rauntriga qarshi bahsda g‘alaba qozonsa, UFC rekordini yangilashi mumkin. Ya’ni u eng qisqa vaqt – 175 kun ichida 3 marotaba kamar himoyasini o‘tkazgan yagona jangchiga aylanadi.

 Hozirgi rekord ayollar super engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Ronda Rouziga tegishli bo‘lib, u 189 kun ichida uch marta chempionlikni himoya qilgan.

 Eslatib o‘tamiz, Aleks Pereyra (11-2) va Xalil Rauntri (13-5-1 N/C) o‘rtasidagi jang 7 oktyabr kuni "UFC 307" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!