
Aleksa Grasso-Valentina Shevchenko revansh jangida hakam xato qilganligi tan olindi
Nevada shtati Atletika komissiyasi ijrochi direktori Djeff Mallen Aleksa Grasso va Valentina Shevchenko o‘rtasidagi revansh jangini hakamlik qilgan Mayk Bell xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi.
“Mayk Bell dunyodagi eng yaxshi hakamlardan biri. U har doimgidek yaxshi. Lekin men uning beshinchi raunddagi bahosiga qo‘shilmayman. Hakamlar tomonidan 10-8 ball olish uchun sizning raqibingiz aql bovar qilmaydigan miqdorda zarar etkazishi kerak. Biz buni baland ovozda aytishimiz kerak. Biz umumiy fikrga kelishimiz kerak. Biz nima uchun bunday ekanligini tushunishimiz kerak. Agar bu borada ishlashda va harakat qilishda davom etsak, muvaffaqiyatga erishamiz”,-dedi Mallen.
Eslatib o‘tamiz, Grasso va Shevchenko o‘rtasidagi ikkinchi qarama-qarshilik durang bilan yakunlangandi.
Fikrlar