Aleksandr Krestinin: "Bizda 5 ta 100 foizli imkoniyatlar bo‘ldi, ammo gol urolmadik"

  • 21 sentabr, 2024, 14:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 19-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Lokomotiv" jamoasi o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi va 0:1 hisobida engildi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yinni hal qilish uchun etarlicha vaziyatlarga ega bo‘ldik. Biroq chetlatish o‘yinning borishini tubdan o‘zgartirib yubordi. Bahs ikkiga bo‘lindi: chetlatishgacha va chetlatishdan keyingi o‘yin. Barchasini taxlil qilib chiqamiz.

- Bugun raqiblar posboni Eldorbek Suyunov bir yarim yil deganda yashil maydonda ko‘rinish berdi. Uning o‘yiniga qanday baho bera olasiz? Bugun u jamoangizning bir qancha gollar urishiga yo‘l qo‘ymadi.

- Yana bir marta aytaman. Raqiblarga baho bera olmayman. Bugun bizda 5 ta yuz foizlik imkoniyatlar bo‘ldi va ularning birortasini golga aylantira olmadik. Shularning 4 tasida to‘pni darvozagacha etkaza olmadik. Darvozabon quruq o‘yin o‘tkazdi. 

- Demak, chetlatishdan keyin "Loko"ning o‘yini salbiy tomonga ketdi. Shundaymi?

- Darvozabonimiz golgacha o‘yinda ko‘rinish bermadi. Faqatgina darvozasi oldidan to‘pni o‘yinga kiritib turdi. To‘p ungacha etib bormayotgandi. Ikkinchi bo‘limda esa raqib qizil kartochkadan keyin hujumga o‘tishni boshladi. 

- O‘yindan qanchalik norozisiz?

- Maksimal darajada. Biz juda katta ustunlik qilib, mag‘lub bo‘ldik. Vaziyatlarimizdan foydalana olmadik.

- Qizil kartochkaga qanday baho berasiz?

- Hakamlarning ishini muhokama qilmayman. Albatta, futbolchilar doimo norozi bo‘lishadi. Lekin qizil kartochka berildi. Barchasiga ko‘nish kerak.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!