Aleksandr Krestinin: "Ikkinchi taymda o‘yinni tashlab yubordik"

  • 20 oktabr, 2024, 10:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 21-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Lokomotiv" jamoasi bu turda "Bunyodkor"ni qabul qildi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, ammo ikkinchi taymda raqibga xoxlaganini qilishga imkon berdik. Natija ham shunga yarasha bo‘ldi.

- Yuzaga kelgan tanaffus qanchalik ta’sir qildi?

- Bunga hech qanday ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. Ha, biroz yoqimsiz, ammo jamoalar birdek ahvolda edi. 

- Mag‘lubiyatning sababi nima?

- Shunchaki, ikkinchi taymda o‘yinni tashlab yubordik. Vaholanki, ikkita imkoniyatga ega bo‘lgan edik. Nima uchun bunday bo‘lganini o‘rganib chiqamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!