Aleksandr Shlemenko: "Yol Romero bilan jang shunchaki bomba bo‘ladi"
O‘rta vaznda “Bellator”ning sobiq chempioni Aleksandr Shlemenko UFCning sobiq jangchisi Yol Romero bilan jang qilishni hohlayotganini aytdi.
“Menimcha, o‘z pozitsiyamni bayon etish vaqti keldi. Agar Yol Romero Rossiya promoushenida faoliyat yurtsa, u bilan jangim shunchaki bomba bo‘ladi”, - dedi Shlemenko.
Ma’lumot uchun, Shlemenko faoliyati mobaynida 59 ta g‘alaba, 13 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Shuningdek, bitta hisoblanmagan natija ham mavjud.



Fikrlar