Aleksandr Usik Entoni Joshua bilan jang qilishi mumkin

  • 4 noyabr, 2020, 18:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

"Matchroom" kompaniyasi rahbari Eddi Xirn superog‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF, IBO chempioni Entoni Joshua 2021 yilda WBC chempioni Tayson Fyuri bilan jangi borasida kelishuvga erishishga umid qilmoqda.

Ammo WBO kamari uchun majburiy da’vogar Aleksandr Usik ham Joshua bilan jangni reja qilgan. Joshua o‘zining navbatdagi jangini 12 dekabr kuni IBF yo‘nalishida majburiy da’vogar Kubrat Pulevga qarshi o‘tkazadi.

Tayson Fyuri esa, 5 dekabr kuni ringga qaytishi kutilmoqda. Unga Agit Kabael raqiblik qilishi ko‘zda tutilgan.

"Agar, har ikki bokschi o‘z janglarida g‘alaba qozonib, o‘zaro jang bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, Entoni Joshua Aleksandr Usik bilan jang qiladi",- dedi Eddi Xirn.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!